Yangiliklar


14.02.2025

Yo‘ldashev Xasanboy Sulaymon o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi ilmiy seminar himoyasi to‘g‘risida

  Yo‘ldashev Xasanboy Sulaymon o‘g‘lining 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo‘yicha “Arra tishi profili va tezlik parametrlarining aeromexanik tola tozalash uskunasi samaradorligiga ta’siri” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishi himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PHD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli Ilmiy kengashning Ilmiy Seminari 2025-yil 18 fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi

14.02.2025

Toshmirzayev Qodirjon Odiljonovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi ilmiy seminar himoyasi to‘g‘risida

Toshmirzayev Qodirjon Odiljonovichning 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha “Paxta xomashyosini quritishning resurstejamkor texnologik uskunasini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishi himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PHD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli Ilmiy kengashning Ilmiy Semimari 2025-yil 18-fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

11.02.2025

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq! Biz esa unga qarshimiz!

   "Komplayens nazorat" tizimi boshqaruvi bo‘limi bosh mutaxassisi A. Usmonov tashabbusi bilan Korrupsiya – har qanday jamiyat taraqqiyotiga putur yetkazuvchi illat. Uni bartaraf etish uchun faqat qonuniy choralar emas, balki har bir fuqaroning ma’naviy pozitsiyasi ham muhim!

  Talabalarimiz ushbu muammo bo‘yicha video rolik tayyorlashdi! Ushbu rolikda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, jamiyat rivojiga ta’siri va unga qarshi kurashish yo‘llari aks ettirilgan. Hamma birlashsa – korrupsiyasiz kelajakni barpo etish mumkin!

   Siz ham korrupsiya haqida o‘z fikringizni bildiring va ushbu illatga qarshi kurashga o‘z hissangizni qo‘shing!

    Videoni tomosha qiling va baho bering!

10.02.2025

Tursunkulova Maxsuda Suyarkulovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida

Murakkab to‘qimalar asosida poyabzal ustligi uchun ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirishmavzusida.

Tursunkulova Maxsuda Suyarkulovnaning 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo’yicha, “Murakkab to‘qimalar asosida poyabzal ustligi uchun ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishining himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoati instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli ilmiy kengashning 2025 yil 15 fevral kuni soat 13:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

07.02.2025

Xakimjonov Islombek Shuxrat o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi ilmiy seminar himoyasi to‘g‘risida

Xakimjonov Islombek Shuxrat o‘g‘lining 05.06.04- “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni tizimlari ixtisosligi bo‘yicha “Metallga ishlov berish korxonalari ishchilari uchun maxsus kiyimlarni tadqiq qilish va ishlab chiqarish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 

04.02.2025

Ergasheva Rashida Abdug‘aniyevnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida

Ergasheva Rashida Abdug‘aniyevnaning 05.06.04–Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni ixtisosligi bo‘yicha “Trikotaj to‘qima mato turini bashoratlash asosida ayollar ustki kiyimi dizayn-loyihasini ishlab chiqish tadqiqi” 

31.01.2025

"Men donorman" xayriya aksiyasi – ezgu tashabbus!

Namangan Toʻqimachilik Sanoati Institutida "Qon donorlik" haftaligi doirasida professor-oʻqituvchilari, institut xodimlari, talabalari ishtirokida "Men donorman" xayriya aksiyasiga bagʻishlangan targʻibot ishlari olib borildi.

 

28.01.2025

Giyasova Dilfuza Radjabovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi muhokamasi ilmiy seminari to‘g‘risida

  Giyasova Dilfuza Radjabovnaning 05.06.02 – “To’qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”  ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Yangi assortimentdagi to’qimachilik ipini olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi  texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi ishi muhokamasi Namangan to’qimachilik sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PHD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli Ilmiy kengashning Ilmiy Semimari 2025-yil 01-fevral kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

28.01.2025

Axmedova Zulayho Maksimbekovaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi ilmiy seminar himoyasi to‘g‘risida

    Axmedova Zulayho Maksimbekovaning 05.06.04–Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni ixtisosligi bo‘yicha “Harakatlanishi cheklangan shaxslar uchun transformasiyalanuvchi elementlariga ega moslashuvchan kiyim to’plamini loyihalash usulini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishi himoyasi Namangan to’qimachilik sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PHD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli Ilmiy kengashning Ilmiy Semimari 2024-yil 01-fevral kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

23.01.2025

Institutda "Yoshlarning ma'naviy axloqiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari"mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.

  Namangan toʻqimachilik sanoati instituti “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A. Usmonov hamda psixolog E. Soliyev tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda yoshlar orasida psixotrop moddalar va buzg‘unchi g‘oyalarning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

  Psixotrop vositalarning xavflari:
Ushbu moddalar insonning jismoniy va ruhiy salomatligiga zarar yetkazib, bepushtlik, erta o‘lim va boshqa jiddiy muammolarga olib keladi.

 

21.01.2025

Sirtqi ta’lim talabalari bilan dolzarb uchrashuv

  Namangan to‘qimachilik sanoati institutining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida muhim uchrashuv tashkil etildi.

  Tadbirning maqsadi:

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-200 sonli Farmonida belgilangan vazifalar mohiyatini tushuntirish.
Yakuniy imtihonlar jarayonida korrupsion holatlarga keskin qarshilik ko‘rsatish va ularga murosasiz yondashish.
Talabalarda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish.

 

17.01.2025

Oliygohimizda "Rahbar xodimlar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi

  Namangan to‘qimachilik sanoati instituti "Aksilkorrupsiya kovorking markazi"da talabalar va rahbar xodimlar o‘rtasida ochiq muloqotga asoslangan "Rahbar xodimlar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Ergashev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i S.Yusupov, Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i A.Usmanov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo'lim boshlig'i K.Sotvoldiyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

  Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni ochiq va erkin tarzda berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ular stipendiyalar, sport va madaniy tadbirlar, fan va innovatsiyalar, xorijiy almashinuv dasturlari, o‘quv jarayonidagi yangiliklar kabi mavzularda o‘z taklif va fikrlarini bildirishdi.

 

15.01.2025

Yakuniy Imtihonlar Oldidan Davra Suhbati Tashkil Etildi

Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining guruh sardorlari uchun yakuniy imtihonlar oldidan uchrashuv tashkil etildi.

Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A. Usmonov talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

 

13.01.2025

Yakuniy Imtihonlar Oldidan Davra Suhbati Tashkil Etildi

Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining “To‘qimachilik dizayni” fakulteti 2a-24 va 1a-24 guruhlari talabalari uchun yakuniy imtihonlar oldidan maxsus uchrashuv tashkil etildi.

 

11.01.2025

Namangan to‘qimachilik sanoati institutida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Ergashev tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Ma’naviy ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor J.Yuldashev, institutning barcha kafedra mudirlari, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i S.Yusupov, registrator ofisi boshlig‘i S.Isakov, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i A.Abduraxmonov, Sirtqi va kechki bo‘lim boshlig‘i Sh.Imomkulov, ATM boshligʻi, barcha tyutorlar, Matbuot xizmati boʻlim boshligʻi M.Obidjonov xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

20.12.2024

Agentlikka murojaatlarni qay tarzda yo‘llash mumkin?

Siz korrupsiya bilan bog'liq holatlarga duch keldingiz va vaziyat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xabar bermoqchisiz.

19.12.2024

Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti talabalarining ijodiy sa’y-harakatlari natijasida jajji bolajonlarimiz uchun yaratilgan “Bolajonlar - Shirintoylar” nomli ajoyib liboslar kolleksiyasi taqdimot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni institut rektori, professor Qurbonali Xoliqov kirish soʻzi bilan ochib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Talabalarimizning ijodiy ishlari nafaqat ularning salohiyatini, balki institutimizning yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashdagi yuksak maqsadlarini aks ettiradi. Ushbu kolleksiyalar milliy va zamonaviy qadriyatlarning uyg‘unligini namoyon etadi. Bugungi tadbir talabalarning mehnatiga berilgan yuksak eʼtibordir,”

 

18.12.2024

XUSHXABAR!!!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘iga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari e’lon qilindi.

18.12.2024

“TAFAKKURNING 64 NUQTASI”

Oliygohimizda Namangan viloyati Yoshlar ishlari agentligi va Namangan viloyati sport boshqarmasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlarning intellektual rivojlanishi va shaxmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida, “Tafakkurning 64 nuqtasi” nomli shaxmat bo‘yicha master-klass tashkil etildi.

 

18.12.2024

#Korrupsiya

2024-yil 18-dekabr kuni “To‘qimachilik dizayni” fakulteti 2a-24 va 1a-24 guruhlari talabalari bilan “Yoshlarda korrupsiyaga qarshi toqatsizlik munosabatini shakllantirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Davra suhbati davomida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat”tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov ishtirok etib, talabalar o‘rtasida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, eng asosiysi qonun talablariga to‘la rioya etishlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarni berib o‘tdi. Agar talabalar ta’lim jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelgan taqdirda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat”tizimini boshqarish bo‘limiga murojaat qilishliklari mumkinligi tushuntirildi.

 

18.12.2024

#xorijiy_hamkorlik #akademik_mobillik

💠2024-yil 16-18-dekabr kunlari Namangan to‘qimachilik sanoati institutiga Qirg‘iziston Respublikasining Batken davlat universitetining Qizil-Qiya texnologiya, iqtisod va huquq instituti direktori Sultanali Zulpiyev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

 

17.12.2024

Xasanova Shoiraning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi ilmiy seminar himoyasi to‘g‘risida

Xasanova Shoiraning 05.06.02– To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha “Turli tolali chiqindilar aralashmasini qayta ishlash orqali resurstejamkor trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish ” 

15.12.2024

Sadikov Muhammad Rashid o‘g‘lining 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida

Sadikov Muhammad Rashid o‘g‘lining 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha “Paxta tolasini aerodinamik usulda tozalovchi Dustex mashinasini takomillashtirish orqali mahsulot sifatini oshirish” 

15.12.2024

Yusupov Alijon Abdujabbor o‘g‘lining 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida

Yusupov Alijon Abdujabbor o‘g‘lining 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha “Halqali yigirish mashinasida ip sifatini oshirish tadqiqi” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori 

14.12.2024

Soliq boshqarmasiga talabalarning tashrifini amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi F-53-sonli farmoyishiga 1-ilova 19-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida "O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi" mavzusida viloyat soliq boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni"ga institut talabalarining tashrifi amalga oshirildi.

 

14.12.2024

"MAʼNAVIYAT KUBOGI" SPORT OʻYINLARI DOIRASIDA "SHAXMAT" MUSOBAQASI BOʻLIB OʻTDI

Oliygohimizda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tomonidan yoshlarni sog‘lom turmush tarziga undash va jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi talabalar o‘rtasida “Ma’naviyat kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha 

13.12.2024

Bugun, 13-dekabr kuni Qarshi davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.Shu jumladan Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti rektori, 

13.12.2024

Institutning 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va hom-ashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi doktoranti Jo‘rayev

Yo‘ldashxon Yunusxon o‘g‘li 2024-yil 9-noyabrdan 2024-yil 17-dekabrga qadar Hindiston hukumatining Koimbatore shahridagi SITRA (South India Textile Research Association) tomonidan tashkil etilgan “Texnik to‘qimachilikning rivojlanayotgan sohalari” mavzusidagi kursda ishtirok etmoqda. U mazkur kursda Hindistonning ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi doirasida 38 kun davomida ilmiy stajirovkadan o‘tib, texnik to‘qimachilikning zamonaviy yondashuvlari, yangi texnologiyalar va ularning sanoatdagi tatbiqi bo‘yicha yetakchi mutaxassislar tajribasini o‘rgandi.

 

12.12.2024

XUSHXABAR!!!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘iga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari e’lon qilindi.

11.12.2024

YANGI DARSLIKLAR TAQDIMOTI

Institutimizda Oliy ta'lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan yangi darsliklarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

11.12.2024

"Ma'naviyat Kubogi" – Talabalar O‘rtasida Sport va Ma’naviyat Bayrami!

Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida talabalar o‘rtasida "Ma'naviyat Kubogi" doirasidagi sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu tadbir yoshlarni sog‘lom turmush tarziga undash va jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

10.12.2024

Yurakni madh etgan sado!

10-dekabr kuni Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

09.12.2024

#9_dekabr #Korrupsiya

9-dekabr – Korrupsiyaga qarshi kurashish 

08.12.2024

NamTSI va Tojikiston Texnika Universiteti o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti delegatsiyasi Tojikiston Respublikasining Tojikiston Texnika Universiteti Isfara filialida bo‘lib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

07.12.2024

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingani munosabati bilan "Mening Konstitutsiyam – 32 yoshda" nomli talabalar o‘rtasida chellenji tashkil etildi.

Ushbu chellenj yoshlarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini anglash, uning jamiyatimizdagi ahamiyatini targ‘ib qilish yo‘nalishida ijodiy va intellektual qobiliyatlarini namoyish etish imkoniyati berildi.