Yangiliklar


04.03.2024

Professor-o’qituvchilarning huquqiy bilimlari mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda

Mazkur yo’nalishdagi tadbirlar doirasida To'qimachilik tolalari muhandisligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan o’tkazilgan uchrashuvda institutning birinchi prorektori A.Jo'rabvoyev va "Kopmlaens nazorat" tizimini bosqarish bo'li bosh mutaxassisi A.Usmonovlar ishtirok etishdi.

 

02.03.2024

“UYGʻUN TAʼLIM” IJTIMOIY-IQTISODIY LOYIHASI TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

2 mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov “Uygʻun taʼlim” ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi taqdimoti bilan tanishdi. Loyiha muallifi, iqtisodchi-olim Qobiljon Isayev Oʻzbekistonda istiqomat qilib kelayotgan alohida eʼtiborga muhtoj insonlarni davlat va jamiyat turli sohalariga integratsiya qilish, taʼlim tizimining milliy kontentdagi zamonaviy veb-arxitekturasini shakllantirish boʻyicha fikrlarini bayon qildi. 

02.03.2024

Ilmiy salohiyatni oshirish va reytinglarda yuqori pog'onalarni zabt etish borasidagi ishlar tahlil qilindi

Namangan to‘qimachilik sanoati institutining 7-sonli Ilmiy Kengash yig'ilishida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Zokirjon Erkinov kun tartibidagi mavzusi yuzasidan so'z olib

02.03.2024

Namangan to’qimachilik sanoati institutida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi kengaymoqda

4+2 dasturi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimi asosida yaratilgan klasterli yondashuvlarga asoslangan bo'lib, har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tegishli mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar to‘liq tanlangan ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar va muassasalar bazasida o‘tkazilmoqda.

02.03.2024

Institutda o'tkazilgan so'rovnoma natijalari institut Kengashida tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200 sonli farmoniga asosan qabul qilingan davlat dasturining 19-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan to'qimachilik sanoati institutida Korrupsiyaga qarshi kurash va "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan talabalar ishtirokida sotsiologik so'rovnoma o'tkazilgan edi.

01.03.2024

Namangan toʻqimachilik sanoati institutida navbatdagi ilmiy Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Yig’ilishda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da oshirishga oid davlat dasturini institutdagi ijrosi

01.03.2024

Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligiga bag'ishlandi...

Namangan to'qimachilik sanoati institutining "To'qimachilik dizayni" fakultetida oʻzbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludiga 109 yil to'lganligi munosabati bilan “ZULFIYA - BENAZIR FAZILATLI AYOL, ONA VA SHOIRADIR!” mavzusida ma'naviy va marifiy tadbir o'tkazildi.

 

01.03.2024

Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligiga bag'ishlandi...

Namangan to'qimachilik sanoati institutining "To'qimachilik dizayni" fakultetida oʻzbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludiga 109 yil to'lganligi munosabati bilan “Bahor keldi seni soʻroqlab” mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.

 

01.03.2024

Bugun Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!

Bugun Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!

Zulfiya Isroilova — xalqimizning „Zulfiya“ nomi bilan tanilgan atoqli va ardoqli vakilasi, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. O‘zbekiston xalq shoirasi.

Zulfiya xalqaro „Javaharlal Neru“ (1968), „Nilufar“ (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati. Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi (https://lex.uz/ru/docs/-213812). Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.

01.03.2024

DIQQAT E'LON !!!

 27-28-mart kunlari Namangan to'qimachilik sanoati institutida “Tikuv-trikotaj sanoatida innovatsion texnologiyalar, ishlab chiqarishdagi muammo, tahlil va sohani rivojlanish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkaziladi.

 Konferensiyaning ilmiy yo‘nalishlari:

1️⃣ Innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirish chora tadbirlari, tikuv-trikotaj sanoatida kadrlar tayyorlashning innovatsion yondashuvlari;
2️⃣ Tikuv-trikotaj va yengil sanoat sohasida turli assortimentlarni yangi dizayni va texnologiyasini yaratish;
3️⃣ Tikuv-trikotaj sanoatida innovatsion texnologiyalar hamda charm va mo’yna buyumlari dizaynini yaratishda kreativ yondashuvlar;
4️⃣ To’qimachilik va yengil sanoatda innovatsion texnologiyalar;
5️⃣ Paxtani dastlabki ishlash va to’qimachilik sohalarini integratsiyalash hamda ulardagi texnologik jarayonlarga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish;
6️⃣ Ipakchilik sanoatini rivojlantirish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish istiqbollari;
7️⃣ Paxta, to’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari sifatini xalqaro standartlar asosida baholash va boshqarishning innovatsion yechimlari.

 

01.03.2024

Namangan to'qimachilik sanoati instituti tadqiqotchilarining ilmiy rahbarlari bilan muloqot o'tkazildi

Bugun Namangan to'qimachilik sanoati rektori Qurbanali Xoliqov institutda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan izlanuvchilar, tayanch doktorant va doktorantlarning ilmiy rahbarlari bilan uchrashib, muloqot qildi.

 

01.03.2024

VAZIR TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI FAOLIYATI BILAN HAM TANISHDI

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida ham bo‘lib, filialdagi Axborot-resurs markazi, IT park, talabalar taʼlim olishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Mavjud adabiyotlar, chet elda amaliyot oʻtash jarayonlarining tashkil etilgani, oʻquv binolari va auditoriyalar holatiga alohida eʼtibor qaratildi. 

Vazir “Stomatologiya” fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning amaliyot oʻtashlari uchun yaratilgan sharoitlar borasidagi fikrlari bilan qiziqdi. Shuningdek, talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida oʻtkazilayotgan “Zakovat” intellektual oʻyinini tomosha qilib, talabalar teatr studiyasining iqtidorli yoshlari bilan samimiy suhbat qildi.

 

 

29.02.2024

Xalqaro_ilmiy_amaliy_konferensiya

Shoshiling! SCOPUS va "Web of Science"da indekslanadigan konferensiya qatnashchisiga aylaning!

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18- yanvardagi 16-son buyrug’i asosida joriy yilning 6-7 may kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali hamda Xalqaro Mintaqaviy fanlar assotsiatsiyasi (RSAI-Portugaliya) hamkorlikda "Markaziy Osiyoda barqaror mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha II-xalqaro ilmiy konferensiya" tashkil etiladi.

 

28.02.2024

Namangan to'qimachilik sanoati institutida tashkil etilgan "Dizayn studiyasi"da xizmat ko'rsatish sohasi rivojlantiriladi

Bugun Namangan to'qimachilik sanoati instituti rektori Qurbanali Xoliqov institutning To'qimachilik dizayni fakultetida bo'lib, professor-o'qituvchilar bilan muloqot qildi. Unda ish faoliyati samaradorligini oshirish, fakultetda ustoz-shogird an'analari asosida kadrlar tayyorlash tizimini faollashtirish hamda institut qoshida tashkil etilgan "Dizayn studiyasi" faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda sizmat ko'rsatish turlarini kengaytirish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim masalalar muhokama qilindi.

 

28.02.2024

Namangan to'qimachilik sanoati institutida "Sumalak sayli"

Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘zi ayyomi taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi. Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an’anasiga aylangan tarixiy taomlardan sanaladi. Bugun Namangan to'qimachilik sanoati institutida o'rnatilgan doshqozonda sumalak qaynatilmoqda. Dastlab, institut rektori boshchiligidagi bir guruh faxriy ustozlar duoga qo'l ochib, institut faoliyatiga rivoj tiladilar.

 

28.02.2024

Namangan to'qimachilik sanoati institutidagi "Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi" ilmiy loyihalarni yaratishda muhim poydevorga aylanadi

Xabaringiz bor, Namangan to'qimachilik sanoati institutida "Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi" faoliyati yo'lga yo'lga qo'yilgan va ushbu markazdagi loyihalar ko'lamini kengaytirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugun institut rektori Qurbanali Xoliqov To'qimachilik mashinalari fakultetida professor-o'qituvchilar bilan uchrashdi. Muloqot davomida markaz faoliyatini kengaytirish, xalqaro tajribalardan samarali foydalanish masalalari faol muhokama qilindi.

 

28.02.2024

Namangan to'qimachilik sanoati institutida "Ilg'or to'qimachilik maktabi" faoliyati yangi bosqichga ko'tariladi

Bugun Namangan to'qimachilik sanoati instituti rektori Qurbanali Xoliqov institutning To'qimachilik texnologiyasi fakultetida bo'lib, boy tajriba va malakaga ega ustozlar bilan muloqot qildi. Unda ish faoliyati samaradorligini oshirish, fakultetda ustoz-shogird an'analari asosida kadrlar tayyorlash tizimini faollashtirish hamda institut qoshida tashkil etilgan "Ilg'or to'qimachilik maktabi" faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim masalalar muhokama qilindi.

 

28.02.2024

Teatr ma'naviy ozuqa va ahloqiy tarbiya maskani

Kuni kecha Namangan to'qimachilik sanoati instituti prorektorlari, dekanlar, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar uchun Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri tomonidan komedik janirdagi “To‘ylar muborak” nomli spektakl namoyish etildi.

 

26.02.2024

O'zbekiston - 2030" strategiyasi - Uchinchi Renessansga poydevor

Institutimizning birinchi prorektori Abdurashid Jo'raboyev muallifligidagi ""O'zbekiston - 2030" strategiyasi - Uchinchi Renessansga poydevor" mavzusidagi maqola www.jurnalist24.uz rasmiy sayti orqali e'lon qilindi.

24.02.2024

INTELLEKTUAL HAFTALIK" LOYIHASIGA TAKLIF ETAMIZ!

Namangan to'qimachilik sanoati institutida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi
351-sonli buyrug’i 10-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2024-yil 10-30-mart kunlari institutda "Intellektual haftalik" loyihasi tashkil etilmoqda.

Haftalik davomida 11-mart kuni “Kubik-rubik”, 13-mart kuni “Shaxmat”, 14-mart kuni “Krasvord”, 25-mart kuni “Kitobxon”,
27-mart kuni “Zakovat” intellektual loyihasi, 28-mart kuni “Viktorina” kabi yo'nalishlarda intellektual musobaqalarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Barcha loyihalar institutning birinchi ko'rgazmalar pavelyoni va axborot resurs markazlarida o'tkaziladi.

 Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI

https://t.me/namtsiuz

24.02.2024

Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusi ostida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi.

  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 202З-уil 27-noyabrdаgi PF-200-sonli Fаrmоni bilan tasdiqlangan davlat dasturining 19-bandida kо'rsatilgan vazifalarning ijrosini hamda Institut rektorining 22-maydagi 105-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida institutida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusi ostida bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov yoshlarga korrupsion holatlarni yuzaga keltirmasligini, holatga duch kelgan ishonch telefonlari murojaat qilishlarini aytib o’tgan holda barcha yigit-qizlarga omad tiladi!

 

21.02.2024

Namangan toʻqimachilik sanoati instituti Eronning Amirkabir universiteti bilan yaqindan hamkorlik qiladi

Bugun Namangan to’qimachilik sanoati institutida “Zoom” platformasi orqali Eronning Amirkabir universiteti rahbariyati bilan onlayn muloqot tashkil etildi. Unda institut rektori boshchligidagi vakillarimiz ishtirok etishdi. Onlayn uchrashuvda oliy ta’lim muassasalari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashivuni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar kun tartibining asosi sifatida muhokama qilindi.

 

20.02.2024

Проект «Giz partner» в Намангане

Ректор Наманганского института текстильной промышленности Курбанали Халиков встретился с немецким экспертом Рене Папе, тренером международного проекта «Giz Partner» – программы поддержки реформирования и модернизации в системе профессионального образования Узбекистана.

Во время беседы состоялся обмен мнениями об активизации сотрудничества государства, бизнеса и субъектов образования, участии в разработке новой нормативно-правовой базы обучения, укреплении связей между сферой образования и работодателями и реализации совместных подходов к дуальному образованию.

https://nampravda.uz/obrazovanie/proekt_Giz_partner_v_namangane.html

20.02.2024

Namangan to’qimachilik sanoati institutida professor-o’qituvchilarning huquqiy bilimlari mustahkamlanmoqda

Mazkur yo’nalishdagi tadbirlar doirasida To‘qimachilik dizayni fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan o’tkazilgan uchrashuvda institutning Yuriskonsulti F.Raxmonberdiyev va Kadrlar bo‘limi boshlig‘i M.Raxmanov va Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Kopmlaens nazorat" tizimini bosqarish bo'li bosh mutaxassisi A.Usmonovlar ishtirok etishdi.

Unda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-200-son Farmonining mazmun-moxiyati, institutning ichki tartib va odob-axloq qoidalari, Mehnat shartnomalari, professor-o’qituvchilarning huquq va majburoyatlari yana bir bora tushuntirib o’tildi.

🌐NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari

20.02.2024

Institut rektori Namangan davlat universiteti talabalari uchun barpo etilayotgan yangi talabalar turar joyi loyihasi bilan tanishdi

Bugun Namangan to'qimachilik sanoati instituti rektori Qurbanali Xoliqov Namangan davlat universitetida bo'lib, bu yerda talabalar uchun barpo etilayotgan 7 qavatdan iborat bo'lgan yangi talabalar turar joyi loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

 

20.02.2024

Xalqaro qishki maktab dasturi bo’yicha institut professor-o’qituvchilari va tadqiqotchilar uchun seminar tashkil qilindi

Namangan to’qimachilik sanoati institutida M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston tadqiqot universiteti hamda boshqa bir qator oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda “Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar: dolzarb muammolar, yutuqlar va innovatsiyalar” mavzusida Xalqaro qishki maktab dasturi bo’yicha institut professor-o’qituvchilari va tadqiqotchilar uchun seminar tashkil qilindi.

 

19.02.2024

НамИТП расширяет международные связи

Нового партнера Наманганский институт текстильной промышленности нашел в лице Университета Альбштадт-Зигмаринген (Германия).

Делегация этого известного немецкого технического вуза во главе с профессорами Кристианом Кайзером и Йозефом Кляйном прибыла в НамИТП с целью вывести отношения на новый уровень.

Сейчас образовательный процесс в институте организован на основе дуальной системы образования и программы «4 + 2». То есть студенты четыре учебных дня получают теоретические знания, а еще два закрепляют эти знания непосредственно на практике. Благодаря этому, наряду с повышением качества образования, формируются профессиональные навыки студентов.

Немецкая делегации была весьма заинтересована опытом работы наманганского вуза в этом направлении.

19.02.2024

Institutda "Zakovat" intellektual musobaqasi o'tkazildi

Bugun Namangan to'qimachilik sanoati institutida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "Zakovat" intellektual musobaqasi tashkil etildi.

Intellektual musobaqani institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi bosh mutaxassisi A.Usmonov ochib bergan holda musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad va vazifalar haqida ma'lumotlarni aytib o'tdi.

 

19.02.2024

Sport_harakatli_uyinlari

Xabaringiz bor 2024-yil 2-fevral kuni Namangan to'qimachilik sanoati institutida talaba qizlar o‘rtasida "Sport harakatli o‘yinlar estafetasi” tashkil etilishi to'g'risida e'lon berilgan edi. Bugun anashu tanlovning yakuniy natijalari bo'yicha g'olib va sovrindor bo'lgan jamoalarni taqdirlash ma'rosimi bo'lib o'tdi.

 

19.02.2024

Namangan to'qimachilik sanoati institutida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi

Tadbirda institut rektori, Davlatobod tumani prokurorining birinchi o'rinbosari, Davlatbod tumani IIB birinchi o'rinbosari, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komlaens nazorat tizimini boshqarish bo'limi bosh mutaxassisi, institut talaba-yoshlari, tyutorlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so'z olganlar mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga berilayotgan e’tibor, hukumatimiz tomonidan kо‘rsatilayotgan g‘amxо‘rliklar tо‘g‘risida sо‘zlar ekan, bu ishlardan asosiy maqsad, yoshlarimizning turli aqidaparastlar tо‘riga ilinib qolmasligi, ular о‘rtasida “Asr vabosi” hisoblangan giyohvandlik va og‘ufurushlikka berilishlarning oldini olish hamda farzandlarimiz qalbini turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish ekanligini ta’kidlab о‘tdilar.

 

19.02.2024

Institut rektori xalqaro "Giz partner" loyihasi vakillari bilan muloqot qildi

Bugun Namangan to'qimachilik sanoati instituti rektori Qurbanali Xoliqov O'zbekiston kasb-hunar ta'lim tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo'llab quvvatlash dasturi, xalqaro "Giz partner" loyihasi treneri Germaniyalik ekspert Rene Pape bilan muloqotda bo'ldi.

 

18.02.2024

Institutda "Eng mazali salat" mavzusida pazandalik tanlovi o'tkazildi

Namangan to'qimachilik sanoati institutida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug'i 39-bandiga asosan
"Eng mazali salat" mavzusida pazandalik tanlovi o'tkazildi.

 

18.02.2024

Ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari o’rganildi

To’qimachilik texnologiyasi fakulteti tyutori Doniyorbek Muhsinov uyma-uy yurib, ijara xonadonlarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati, darsdan so'ng o'quv mashg'ulotlari bilan mustaqil shug'ullanish uchun yaratilgan sharoitlar, oshxonalarning talab standartlarga javob berishi, kommunal tizimlarining barqaror ishlashi o'rgandi.

 

18.02.2024

Namangan to’qimachilik sanoati institutida “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” loyihasi boshlandi

Institutning To’qimachilik texnologiyasi fakulteti talabalari boshlab bergan ushbu loyiha talabalarga yurtimizning boy tarixi bilan yaqindan tanishishlari uchun zamin yaratadi. Loyihaning ilk manzili Kosonsoy tumanidagi “Mahdumi A’zam” majmuasi bo’ldi.

 

17.02.2024

XUSHXABAR

Namangan to'qimachilik sanoati instituti talabalari uchun 400 o'rinli talabalar turar joyi quriladi

Bugun Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Gʻofirjon Djamalov Namangan to'qimachilik sanoati institutiga tashrif buyurib "Muxammad-Maxmud Elegant MCHJ" tomonidan institut talabalari uchun 400 o'ringa mo'ljallangan zamonaviy talabalar turar joyini qurish loyihasining taqdimoti bilan tanishdi.

 

17.02.2024

Diqqat muhim eslatma!!!

Namangan to'qimachilik sanoati institutida ochiqlik, shaffoflik va halollikni ta’minlash hamda mazkur jarayonlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida, vijdonli hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘q deya oladigan talaba-yoshlarni hamkorlikka chorlaymiz!

Agarda siz yakuniy va oraliq nazorat imtihonlari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni topshirish jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, @NamTSI_karrupsiya_bot telegram bot yoki +998954004304 +998936772677 ishonch telefon raqamlariga xabar qoldirishingiz mumkin.

Xabar bergan talabaning shaxsi qat’iy sir tutiladi. (2017-yil 3-yanvar kungi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-419 sonli Qonunining 28-moddasi.)

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘z murojaatlaringizni 1-bino 2-xonada faoliyat yurituvchi xodimga ma’lum qilishingiz mumkin.

✍️ Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI

🌐NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari