Yangiliklar


21.11.2024

“Baliq terilariga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish” bo‘yicha yangi ilmiy loyiha!

  Bugun Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining Ilmiy-tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Nuriddin Karimov boshchiligida "Baliq terilariga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish" mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlari ko‘zdan kechirildi.

🔵 Loyiha haqida:
Institut ilmiy jamoasi tomonidan mahalliy resurslardan foydalanib, Afrika lakkasi baliq terisidan yangi assortimentdagi tabiiy charm mahsulotlarini yaratish maqsad qilingan. Ushbu loyiha ijrochisi Ismatullaev Nizom Adashaliyevich boshchiligida olib borilmoqda. Loyiha davomida mahalliy baliq terilariga ishlov berish orqali raqobatbardosh charm mahsulotlarini ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

21.11.2024

Terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha seminar

  Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining qo‘shma dasturi doirasida 21-22-noyabr kunlari zoom platformasi orqali “Terrorizm, diniy ekstremizm va narkojinoyatlarga qarshi kurash” mavzusida respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

  Seminarda Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari va tyutorlari faol ishtirok etishmoqda. Ushbu tadbirda soha bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilinib, yoshlar o‘rtasida salbiy illatlarga qarshi kurashish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar haqida fikr almashilmoqda.

 

20.11.2024

"Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" mavzusida insho tanlovi o‘tkazildi

  Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" mavzusida "Eng yaxshi insho" tanlovi tashkil etildi.

☑️ Tanlov davomida talabalar korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va yoshlarning bu boradagi o‘rnini yorituvchi ijodiy insholar yozdilar. Tadbir yoshlarni korrupsiyaga qarshi faol pozitsiyada bo‘lishga, adolat va haqqoniylikni targ‘ib qilishga undadi.

 

20.11.2024

Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti va Germaniyaning «Sossna» kompaniyasi hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda

  Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida Germaniyaning sun’iy tola va ip ishlab chiqarish uchun jihoz va ehtiyot qismlar tayyorlovchi «Sossna» kompaniyasi rahbari doktor Sossna bilan video konferensiya shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.

  Uchrashuvda sun’iy va sintetik tolalarning mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr almashildi. Kelgusida ushbu sohani rivojlantirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

 Yig‘ilishda institut rektori prof. Q. Xoliqov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. J. Ergashev, «Sossna» kompaniyasining Namangandagi vakili Y. Sodiqov, shuningdek, kompaniya rahbari doktor Sossna ishtirok etdi.

 

20.11.2024

🎓 Magistrantlarning ilmiy faoliyat bo‘yicha hisobot taqdimoti o‘tkazildi

  Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida 2-kurs magistratura talabalari ilmiy faoliyatlari doirasida dissertatsiyalarini shakllantirish bo‘yicha navbatdagi hisobot taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu tadbirda magistrantlar o‘z dissertatsiya mavzulari va ilmiy ishlari yuzasidan erishgan natijalarini namoyish etdilar.

📎 Tadbirda ishtirok etishdi:
▫️ Institut rektori Q.M.Xoliqov;
▫️ O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.S.Ergashev;
▫️ Magistratura bo‘limi boshlig‘i Sh.Xasanova.

✅Tadbirda To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (trikotaj) yo‘nalishining 29M-23-guruh magistrantlari o‘z dissertatsiyalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va istiqbolli takliflar haqida hisobot taqdim etdilar. Hisobot davomida ularning ilmiy ishlari chuqur tahlil qilinib, dolzarb masalalar bo‘yicha takliflar berildi.

 

20.11.2024

🎨 “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” rasmlar tanlovi yakunlandi!

   Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida tyutor M.Voxidova tashabbusi bilan talaba-yoshlar orasida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

   Tanlov davomida talabalar o‘z ijodiy mahoratlarini namoyish etib, Vatanimizning tinchligi, go‘zalligi va birdamlik ruhi aks ettirilgan asarlarni taqdim etishdi.

🏆 G‘oliblar:
🥇 1-o‘rin: Hamroaliyeva Orastaxon Muzaffar qizi
🥈 2-o‘rin: Odilxonova Tillaposhsha Muzaffarjon qizi
🥉 3-o‘rin: Akramjanova Feruza Ahadjon qizi

 

20.11.2024

🎓 “Mоdifikatsiyalangan ipak gidrolizati bilan charmni to‘ldirish texnologiyasini takomillashtirish” bo‘yicha yangi ilmiy loyiha!

  Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida charm ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.

🔬 Loyiha haqida:
Mazkur loyiha institutning 2-bosqich tayanch doktoranti Muxtarov Abbos Baxtiyor o‘g‘li tomonidan olib borilib, charm ishlab chiqarishda modifikatsiyalangan ipak gidrolizatidan foydalanish orqali mahalliy qo‘y terisini mustahkamligini oshirishga qaratilgan.

🌟 Loyihaning maqsadi va ahamiyati:
▫️ Mahalliy resurslardan foydalanib tannarxni pasaytirish;
▫️ Gigiyenik xususiyatlarni yaxshilash orqali inson salomatligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatish;
▫️ Import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh charm mahsulotlarini ishlab chiqarish;
▫️ Mahalliy charm asosida yangi assortimentdagi tеri va galanterеya mahsulotlarini yaratish;
▫️ Eksport salohiyatini oshirish va mahalliy charm mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqish.

 

20.11.2024

📚 “Kitobxon ona-kitobxon bola” loyihasi davom etmoqda!

   Joriy yilning 20-noyabr kuni Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Kitobxon ona-kitobxon bola” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi. Unda institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari oilalari bilan birga faol ishtirok etdilar.

   Dizayni kafedrasi mudiri Matlubaxon Nazarova farzandlari bilan loyihada qatnashib, oila davrasida kitobxonlikning ahamiyatini namoyish etdi. Institutning boshqa xodimlari ham mazkur loyihada ishtirok etib, oilaviy kitobxonlikni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

 

20.11.2024

📢 Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

   Bugun institutda barcha sohalar faoliyatini muhokama qilish va kelgusi rejalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda institut rektori barcha bo‘lim va sohalarning yutuq va kamchiliklarini tahlil qilib, dolzarb masalalar yuzasidan taklif va topshiriqlar berdi.

☑️ Asosiy masalalar muhokamasi:
- To‘qimachilik sanoati rivojida institutning yetakchi roli;
- O‘quv jarayonlarini innovatsion usullar bilan takomillashtirish;
- Ilmiy ishlardagi muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha takliflar;
- Talabalarning salohiyatini oshirish va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.
- Ta’lim sifatini oshirishga oid dolzarb masalalar bo‘yicha topshiriqlarni ijrosi muhokama qilindi

 

19.11.2024

🎓 “Mahalliy xomashyo asosida sifatli qotirma mato ishlab chiqarish” bo‘yicha yangi ilmiy loyiha!

   Bugun Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining Ilmiy-tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Nuriddin Karimov boshchiligida Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan “Ideal Textile” MCHJ korxonasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari ko‘zdan kechirildi.

🔬 Loyiha haqida:
Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti 2-bosqich tayanch doktoranti Ergasheva Shaxzoda Hamidullayevna, ilmiy rahbari Mirxojayev Mirjamol bilan birgalikda “Mahalliy xomashyo asosida sifatli qotirma mato ishlab chiqarish” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Mazkur loyiha doirasida korxona rahbari Odiljon Yunusov bilan hamkorlikda import o‘rnini bosuvchi, yangi tarkibli qotirma matolar ishlab chiqarish ustida amaliy ishlar olib borilmoqda.

🌟 Loyihaning ahamiyati:
▫️ Mahalliy resurslardan samarali foydalanish orqali tannarxni pasaytirish;
▫️ Gigiyenik xususiyatlarni yaxshilash orqali inson salomatligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatish;
▫️ Respublikaning eksport salohiyatini oshirish va milliy mahsulotlarni xalqaro bozorga olib chiqish.

 

19.11.2024

🧱 Yangi talabalar turar joyi qurilishi jadallik bilan davom etmoqda!

🎓 Namangan To'qimachilik Sanoati Instituti hududida qurilayotgan 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyida qurilish ishlari izchil ravishda olib borilmoqda. Loyihaning muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan 5-qavat tom qismini yopish jarayoni yakunlanish arafasida.

✅ Institutning jamoatchilik vakilalari tomonidan yotoqxonada qurulishi ko'zdan kechirildi. Ushbu qurilish, talabalar yotoqxonasi o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi va sifat jihatidan barcha talablar darajasida bo‘lishini ta'minlashga xizmat qiladi.

 

19.11.2024

Ijara xonadonda istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olindi.

   2024_yil_19_noyabr Namangan to'qimachilik sanoati instituti psixologi E.Soliyev hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Umarova, Ijara xonadonlarini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlim bosh mutaxassisi A.Qurbonov, tyutorlar M.Vohidova va D.Muxsinovlar tomonidan kuz-qish mavsumi bo'lganligi sababli ijara xonadonda istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olindi.

 

18.11.2024

Ergasheva Eashida Abdug‘aniyevnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi Ilmiy seminar himoyasi to‘g‘risida

  Ergasheva Eashida Abdug‘aniyevnaning 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” “Trikotaj to‘qima turini bashoratlash asosida ayollar ustki kiyimi dizayn-loyihasini ishlab chiqish tadqiqi”  mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishi himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD. 03/04.10.2023.T.147.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy Seminarning 2024-yil 23-noyabrbr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

18.11.2024

🏆 Bugun Namangan muhandislik-qurilish institutida sportning Voleybol turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus” olimpiadasining hududiy bosqichiga start berildi!

▫️Namangan toʻqimachilik sanoti Institutini iqtidorli sportchi qizlardan iborat terma jamoamiz ushbu musobaqada faol ishtirok etmoqda. Jamoamiz rahbari tyutor Sh.Saydillayev va murabbiy A.Qo‘chqorov rahbarligida g‘alabaga bo‘lgan intilish bilan o‘z yurishini boshlaydi.

▫️Terma jamoamizga yutuq va ulkan zafarlar tilaymiz! Olg‘a, Namangan to'qimachilik sanoati instituti qizlari!

 

18.11.2024

"Bayrog‘im faxrim mening" chellengi!

   Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti talaba-yoshlari 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33-yilligi munosabati bilan “Bayrog‘im faxrim mening” heshtegi ostida qiziqarli chelleng tashkil etdi.

🎉 Chelleng maqsadi:
▫️ Davlat ramzlariga hurmat va e’tiborni oshirish;
▫️ Yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini yuksaltirish;
▫️ O‘zbekiston Davlat bayrog‘i timsolida milliy g‘urur va iftixorni targ‘ib qilish.

 

17.11.2024

"Milliy matolarni maktab formasiga tadbiq etish" bo‘yicha yangi ilmiy loyiha!

  Bugun Ilmiy-tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik, kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig’i Nuriddin Karimov boshchiligida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan "Gadian Tex" xususiy korxonasida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar ko‘zdan kechirildi.

    Loyiha haqida:
Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti 1-bosqich tayanch doktoranti Babayeva Shoxista Xamidxon qizi, ilmiy rahbari Xojiyev Abduraxim bilan birgalikda "Maktab formasiga milliy matolarni tadbiq etish" mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Mazkur loyiha doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlari uchun milliy matolardan foydalanilgan yangi dizayndagi maktab formasi ishlab chiqilmoqda.

 

16.11.2024

E’TIBOR, DASTURLASH TANLOVI! 💻

   Namangan Toʻqimachilik Sanoati Instituti “Eng yaxshi dasturchi” tanlovining institut bosqichini eʼlon qiladi!
Iste’dodli va ijodkor dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlovga siz ham qo‘shiling!

📌 Tanlovning asosiy maqsadi:
🔹 O‘zbekistonda innovatsion va samarali loyihalarni ishlab chiqish;
🔹 Algoritmik yechimlarni taqdim etish orqali jarayonlarni takomillashtirish;
🔹 Yangi texnologik yo‘nalishlarni shakllantirish.

🏆 Respublika bosqichi g‘oliblari uchun mukofotlar:
🥇 1-o‘rin: 15 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin: 10 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin: 8 000 000 so‘m

 

16.11.2024

“Milliy liboslar haftaligi” doirasida talaba-qizlar taqdimoti!

  Joriy yilning, 16-noyabr kuni Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Umarova boshchiligida “Milliy liboslar haftaligi” tadbiri doirasida talaba-qizlar tomonidan milliy matolardan tikilgan liboslarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot haqida:
Institutning “Qizlarjon” klubi a’zolari atlas va adras kabi milliy matolar yordamida yaratilgan o‘zbekona liboslarni namoyish qilib, milliy kiyinish san’atining nozik va betakror jihatlarini yuksak darajada aks ettirdilar.

 

16.11.2024

#Yil_talabasi tanlovi institut bosqichida o‘tkazildi!

   Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng faol talabasi” tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔰 Tanlov haqida:
Tadbirni institut rektori Qurbanali Xoliqov ochib, ishtirokchilarga omad tiladi. Tanlov davomida nomzodlarning hujjatlar to‘plami, taqdimotlari va bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

 

15.11.2024

Tursunkulova Maxsuda Suyarkulovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi Ilmiy seminar himoyasi to‘g‘risida

   Tursunkulova Maxsuda Suyarkulovnaning 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha “Murakkab to‘qimalar asosida poyabzal ustligi uchun ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishi himoyasi  Namangan to‘qimachilik sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PHD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy Seminarning 2024-yil 20-noyabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

15.11.2024

Namangan Toʻqimachilik Sanoati Institutida Talabalar kuni nishonlandi!

  17-noyabr kuni institutimizda Talabalar kuni munosabati bilan katta maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni institut rektori, professor Qurbanali Xoliqov ochib berib, talabalarni o‘z bilimlarini oshirish va maʼnaviyatini boyitishga, shuningdek, jamiyatdagi o‘rni haqida chuqurroq o‘ylashga undadi.

  Bu kun nafaqat bayram, balki yangi imkoniyatlar va ilhom manbai bo‘ldi!

  Tadbir yakunida institutning birinchi prorektori Jamshidbek Yuldashev barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, ularning mehnatini yuksak baholadi.

14.11.2024

Sharipova Saodat Tolkunovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

   Sharipova Saodat Tolkunovnaning 05.06.04– “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” ixtisosligi bo‘yicha “Совершенствование технологической подготовки производства джинсовых изделий на основе цифровизации” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PHD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy Seminarning 2024-yil 20-noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

14.11.2024

“Zakovat” intellektual o‘yini boʻyicha"Talabalar Kubogi" G‘oliblari Aniqlandi!

🔰 Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi hamda Axborot-resurs markazi tomonidan 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan institutimiz talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha "Talabalar Kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

▫️Mazkur musobaqani institutimiz rektori, professor Q.Xoliqov ochib berar ekan, oliygohimizda “Zakovat” o‘yinini yanada keng targ‘ib etish maqsadida mutaxassislik fanlari bo‘yicha maxsus “Zakovat” ligalarini tashkil etish, shuningdek, boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro fikr va tajriba almashish tashabbuslarini ilgari surdi.

 

14.11.2024

Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining “Karyera Markazi” loyihasi doirasidagi uchrashuvlar

🔰 Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida Yengil sanoat muhandisligi konstruksiyasi va texnologiyasi yo‘nalishi boʻyicha 4-kurs talabalari uchun “Karyera Markazi” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Ideal tekstil orzu” MCHJ mutaxassislari va institut vakillari ishtirok etdi.

▫️ Namangan to‘qimachilik sanoati institutining o‘quv ishlari bo‘yich prorektori E.Jamoliddin hamda Marketing va talabalar amaliyoti boʻlim boshligʻi B.Norinboyev va “Ideal tekstil orzu” MCHJ bosh texnologi I.Mirzayevlar korxonaning faoliyati va ish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

 

13.11.2024

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun “Korrupsion huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi asosiy omillar  va ularni bartaraf etish choralari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

  ▫️Namangan to‘qimachilik sanoati institutining sirtqi ta’lim shakli asosida ta’lim olayotgan 8as-22,15bs-15es-22 guruhlaridagi talablar bilan “Korrupsion huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi asosiy omillar  va ularni bartaraf etish choralari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov hamda Sirtqi va kechki ta’lim bo‘limi boshlig‘i Sh.Imomqulovlar ishtirok etishdi.

 

12.11.2024

Yunusova Zamira Gafarovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

   Yunusova Zamira Gafarovnaning 05.06.02–“Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo‘yicha “Yuqori samarali o‘rilgan yengsimon filtrlarning resurstejamkor texnologiyasini yaratish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoati instituti huzuridagi PHD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy Seminarning 2024-yil  21 noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

12.11.2024

Namangan to‘qimachilik sanoati institutida birinchi kurs talabalari uchun "Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz" mavzusida ma'ruza tashkil etildi

  Tadbirda tyutorlar Sh. Saydullayev va F. Dadaxonovlar ishtirokchilar uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldilar. Ma'ruzada O‘zbekistonni ko‘p millatli yurt sifatida qadrlash, unda yashayotgan 130 dan ortiq millat vakillarining tinch-totuv hayot kechirishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

12.11.2024

OTM-davlat-nodavlat sektor hamkorligi – sifatli kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi

 Tadbirda institut rektori Q.Xoliqov, Agentlik filial rahbari o‘rinbosari O.Raximov hamda bosh inspektori J.Ergashov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi. “Karyera markaz”ining asosiy vazifasi – oliy ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat sektordagi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlashdan iborat.

▫️Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tashabbusi hamda Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlikda ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish orqali davlat va nodavlat sektordagi tashkilotlarni sifatli kadrlar bilan ta’minlash maqsadida OTMdagi “Karyera markazi” faoliyatini transformatsiya qilinib hamkorlikda ishlar olib borilgan edi.

▫️Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish maqsadida agentlik Namangan viloyati filiali hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi bilan hamkorlikda Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud “Karyera markaz”lari faoliyatini transformatsiya qilish maqsadida qo‘shma chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

▫️Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, bugun Namangan to‘qimachilik sanoati institutining bitiruvchi bosqich talabalari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

 

11.11.2024

Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida doktorantlar bilan ilm-fan va texnologiya tadqiqotlari sohasida institut rektori bilan navbatdagi uchrasuv bo‘lib o‘tdi.

  Tadbirning asosiy maqsadi zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarish muammolariga qaratish, korahonalarda muhandislik maktablarini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, yosh olimlarning tadqiqotlarini tijoratlashtirish va korxonalarga tadbiq etish va fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirishdan iborat bo‘ldi.

▫️Uchrasuvda doktorantlarning ilmiy raxbarlari ham ishtirok etdilar va ular bilan texnika va texnologiya, iqtisodiyot, to‘qimachilik va boshqa muhim yo‘nalishlarda olib borilayotgan tadqiqotlar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, muhandislik maktablarini tashkil etish orqali:

- Yangi avlod muhandislarini tayyorlashga zamin yaratish;
- Amaliy fanlarni rivojlantirish;
- Innovatsion yechimlar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish masalalari keng muhokama qilindi.

 

11.11.2024

Institutda navbatdan tashqari Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda 9-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazilishi hamda tizimda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida vazifalar ijrosi boʻyicha chora tadbirlari belgilandi.

▫️Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridagi texnikum direktorlarining ishtiroki ta’minlandi. Ular o‘z hududlarida kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot berdilar.

▫️Shu jumladan Namangan to‘qimachilik sanoati instituti ushbu farmon doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi:
Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

▫️Kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish: Texnikumlarda o‘quv dasturlarini zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, amaliyot va nazariyani uyg‘unlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

11.11.2024

Oliygohimizda yangi adabiyot taqdimoti bo'lib o'tdi!

🔰Joriy yilning 11-noyabr sanasida professor Nabidjanova Nargiza Nasimjanovnaning “Tikuv buyumlarini loyihalash va texnologiyasining nazariy asoslari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

▫️Tadbir davomida muallif kitobni yaratish bosqichlari, unda ko‘tarilgan muhim g‘oyalar va dolzarb mavzular haqida kengroq ma’lumot berdi. Ishtirokchilar kitob mazmuni bilan chuqurroq tanishish va muallif bilan erkin muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 

09.11.2024

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199 sonli qaroriga muvofiq.Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazilishi hamda tizimda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida

 

09.11.2024

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199 sonli qaroriga muvofiq, bugun 9-noyabr mamlakatimizda, oliy taʼlim muassasalarida "Yashil makon" loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, OAV orqali jonli yoritib borildi.

🌱 Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti jamoasi Nukus shahrida start olgan “Yashil makon” marafonida faol ishtirok etdi. Mazkur marafon mamlakatimiz bo‘ylab ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi orasida tabiatga e’tiborli munosabatni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan.

🌳 Institut hududidagi katta monitor orqali jamoa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning chiqishini hamda marafon ochilish marosimini onlayn tomosha qildi. Ochilish marosimida oliy o‘quv yurtlari rektorlari va boshqa mutasaddi vakillar ham so‘zga chiqib, marafonning ahamiyati va mamlakat ekologiyasi uchun qo‘shayotgan hissasini ta’kidlashdi.

🌳 Marafon davomida NamTSI prorektorlari, dekanlar, professor-o‘qituvchilar, tyutor va talabalar institut hududida 300 dan ziyod archa ko‘chatlarini ekish ishlariga kirishdilar. Ko‘chat ekish ishlari uchun zarur barcha sharoitlar — maxsus kiyim-kechaklar, ko‘chat o‘tqazish asboblari va yetarlicha ko‘chatlar oldindan tayyorlab qo‘yildi. Aksiya ishtirokchilari birgalikda harakat qilib, joylardagi yashillikni oshirish orqali NamTSI hududini yanada go‘zal va ekologik toza qilishga intilishdi.

 

09.11.2024

"Yashil makon" umummilliy loyihasi

🌳 2024-yil 9-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazilishi hamda tizimda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida

🌳 Umumrespublika marafoniga start berish tadbiri shuningdek, Nukus shahrida ajratilgan уеr maydonida "Ziyolilar bog‘i"ni tashkil etish uchun daraxt ko‘chatlari ekildi.

 

08.11.2024

Namangan to‘qimachilik sanoati institutning ilmiy kengashlar xonasida Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov raisligida davra suhbati o‘tkazildi.

  ▫️Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabr sanasidagi 829-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom" muhokama qilindi.

 

08.11.2024

“Xon atlas” haftaligi o‘tkazildi

▫️Namangan to‘qimachilik sanoati institutida talaba qizlarimizni milliy qadriyatlarimiz, urf- odatlarimiz ruhida tarbiyalash maqsadida bugun 8-noyabr kuni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Umarova boshchiligida oliygohimizning talaba- qizlari ishtirokida “Xon atlas” haftaligi o‘tkazildi.